6 Iyul 2020 yil 180

“YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida “ANDIJONDA GAI BILAN TORTIShUV” sarlavhasi bilan joylangan videotasvir bo‘yicha rasmiy munosabat

2020 yil 04 iyul kuni "YouTube" ijtimoiy tarmog‘iga “ANDIJONDA GAI BILAN TORTIShUV” sarlavhasi bilan  videotasvir joylashtirilgan.

Ushbu  holat 2020 yil 01 iyul kuni Andijon viloyati, Bo‘ston tumanida bo‘lib o‘tgan. Mazkur videotasvirda  Asaka tumanida yashovchi fuqaro M.E YPX inspektorlari tomonidan uning transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomasini olib qo‘yishga haqqi yo‘qligini aytib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Vaholanki,O‘zbekiston Respublikasi MJtKning  290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yishda “Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini,  kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma'muriy jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qo‘yiladi va bu haqda ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga tegishlicha yozib qo‘yilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beriladi. Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani va ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish esa — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi”-deb ko‘rsatib qo‘yilgan.

2011 yil 31 may kungi O‘zbekiston Respublikasi  IIVning “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash xaqida”gi 68-sonli buyrug‘ining 17-bandida “Kodeksning 290-moddasiga ko‘ra sodir etilgan xuquqbuzarlik uchun Kodeksga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan maxrum etish tarzida ma'muriy jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvoxnomasi olib qo‘yiladi va bu xaqda ma'muriy bayonnomaga, shuningdek talonga yozib qo‘yilib, talon huquqbuzarga qaytarib beriladi.

Agar mazkur bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan xuquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotgan davrda takroran transport vositasini boshqarish huquqidan maxrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, huquqbuzarning taloni olinib, unga mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi.

Xaydovchi vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarish paytida takroran transport vositasini boshqarish huquqidan maxrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etigan taqdirda unga boshqa vaqtinchalik ruxsatnoma berilib, unda avvalgi vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati qayd etiladi va bu xaqda ma'muriy bayonnoma yozib qo‘yiladi”-deb aniq ko‘rsatib qo‘yilgan.

Andijon  viloyati YHXB YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX inspektori A.Obidov tomonidan  2020 yil 01 iyul kuni Asaka tumani, Mustaxkam MFYda yashovchi fuqaro M.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1284-moddasida sodir etgan qoidabuzarlik holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan UZ-19-seriyali 60-269120 raqamli ma'muriy bayonnoma me'yoriy hujjatlarga asosan qonuniy ravishda  amalga oshirilgan. Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va buyruq talablaridan kelib chiqqan xolda xizmat intizomi hamda qonunchilik holatlari buzilmagan.  

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech