10 Fevral 2021 yil 310

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Xokimlarga bo‘lorodi, qolganlarga sholpillab qoladi" sarlavhali videotasvir yuzasidan  

2021 yil 16 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Kaptiva" rusumli davlat raqam belgisi 60 003 AAA bo‘lgan avtomashina svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasiga amal qilmagan holda chorrahadan o‘tib, so‘ngra piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermay harakatlanganligi tasvirlangan  videotasvirlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida qoidabuzarlik sodir etgan avtomashina Andijon shahar hokimligiga tegishli ekanligi, videotasvirdagi voqelik shu yilning 15 fevral kuni  soat 15:11da Andijon shahar A.Navoiy shox ko‘chasida sodir bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.

 Ushbu qoidabuzarlik holati yuzasidan avtomashina haydovchisi M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning  1284-moddasi 2-qismiga asosan 490.000 so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi va undirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech