20 Noyabr 2020 yil 758

Izboskan tumani IIB 3-sektorida yoshlar va xotin-qizlar bilan sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020 yilning 19 noyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov  Izboskan tumani, Guzar MFYdagi rassomchilik maktabida xotin-qizlar va yoshlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, Izboskan tumani hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Izboskan tumanidagi “Xalq qabulxonasi” mas'ul xodimlari, shuningdek barcha mutasaddi tashkilotlari ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida jami 45 nafar yoshlar va xotin-qizlardan kelib tushgan jami 64 ta murojaatlar uchrashuv jarayonining o‘zida ko‘rib chiqildi. Ularning 32 tasi qabul jarayonining o‘zida qanoatlantilidi.

Qolgan 32 ta murojaatlar tegishli idoraviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ijroga olindi va ularni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rildi.   

Jumladan, gaz balloni bo‘lmaganligi sababli gaz ballon ajratib berish masalasida murojaat qilgan Guzar MFYda yashovchi 12 nafar xotin-qizlarga gaz ballon berildi.

Pandemiya sharoitida daromadi kamaygan, hozirgi kunda yordamga muhtoj bo‘lib, ko‘mir berish masalasida murojaat qilgan D.Yo.Miralieva va yana 6 nafar xotin-qizlarga ko‘mir berildi.

Moddiy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan D.K. Axmedova va shu kabi yana 10 nafar ayollarga oziq-ovaqat mahsulotlari tarqatildi.

Sog‘ligi sababli davolanishga muhtoj bo‘lgan jami 4 nafar xotin-qizlarga davolanish uchun order berildi. 

Shundan keyin, tuman hududida jami 3 ta jinoyat sodir etilib, jinoyatchilik o‘tgan yilga nisbatan  ortib ketgan “Boymahalla” MFYga borildi. Uning sabablari mahallaning o‘zida, tegishli mas'ullar va mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi hamda ularga zarur bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.  

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech