27 Iyun 2020 yil 641

Andijon viloyati IIBda 27 iyun' – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bir guruh soha fidoiylarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Andijon viloyat  ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha fidoiylari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televidenie sohasi fidoyilarini “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan, ya'ni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etib, barcha xodimlarga baxt, omad, ijodiy kamolot tiladi.

Shuningdek,  ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimidagi xodimlar bilan ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘zaro hamkorligi hamda  ichki ishlar organlari faoliyati, jamiyat va xalq oldida yoritishda qo‘shayotgan hissalari hamda mamlakatimiz qonunchiligi, uning bugungi kundagi ijrosi, fuqarolar e'tirofi va munosabatini muvaffaqiyatli yoritib berayotganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari televidenie, radio va gazetada faoliyat yuritayotgan jurnalistlar tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlatirishga qaratilayotgan islohotlar va jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va  nufuzi xodimlarining mehnatini moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan isloxatlar hozirgi kunda o‘z samarasini berayotganligi haqida ta'kidlab, ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibotlar, qonunlar targ‘ibotidagi hamkorlik yanada mustahkam va bardavom bo‘lishini tilab o‘z fikrlarini bildirishdi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlariga boshqarma tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Andijon villoyati IIB Axborot xizmati

Text to speech