7 Iyul 2020 yil 573

Andijon viloyatining 3-sektori hisoblangan Andijon tumanida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda jamiyatimizning har bir vakilining ishtiroki muhimdir. Shu maqsadda tuman  hokimligi, ichki ishlar bo‘limi, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda Yoshlar ittifoqi tuman kengashi    xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, targ‘ibot va tushuntirish ishlari   olib borilmoqda.

Xususan, ishchi guruh a'zolari tomonidan fuqarolarning niqobsiz yurmasliklari va uni taqib yurish qoidalari hamda ko‘chaga faqat zarurat sababli chiqishlari talab etilayotgani hayotiy misollar yordamida tushuntirilyapti.

Hozirda ishchi guruh tomonidan mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha tashkilot, korxona, muassasalar va xonadonlarda karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech