22 Noyabr 2020 yil 707

Andijon viloyati IIB boshlig‘i Paxtaobodlik yoshlar va xotin-qizlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi

2020 yilning 21 noyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Azat Tasbaev Paxtaobod tumani, Nodirabegim MFYdagi “Oltin mato tekstil” MChJ binosida xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, Paxtaobod tumani hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Paxtaobod tumanidagi “Xalq qabulxonasi” mas'ul xodimlari, shuningdek barcha mutasaddi tashkilotlari ishtirok etdi.

Dastlab, uchrashuvga tashrif buyurib, ishga joylashish masalasida murojaat qilayotgan jami 37 nafar yoshlar va ayollar bilan yangi ochilib, faoliyat boshlagan “Oltin mato tekstil” MChJ bo‘ylab “JOB VOYAGE” tashkil qilindi. Ularga korxonadagi ish tartibi, mehnat jarayoni va yaratilgan qulayliklar bevosita tanishtirildi, ayni vaqtda ushbu korxonada ishlayotgan yoshlar va xotin-qizlar bilan “Fact to face” muloqot tashkil qilindi.

Ushbu tadbir natijasida, mazkur korxonada ishlash istagini bildirgan yoshlar va ayollarning ro‘yxatlari tuzildi va ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng, binoda karantin qoidalariga rioya etilgan holda yoshlar hamda ayollar bilan sayyor uchrashuv ham tashkil etildi.
Uchrashuv jarayonida jami 81 nafar yoshlar va ayollardan kelib tushgan jami 115 ta murojaatlar uchrashuv jarayonining o‘zida ko‘rib chiqildi. 

Ushbu murojaatlarning 57 tasi qabul jarayonining o‘zida qanoatlantirildi.2 ta murojaatlar bo‘yicha mualliflarga huquqiy ma'lumot va tushuntirishlar berildi.

Qolgan 56 ta murojaatlar tegishli idoraviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ijroga olindi
va ularni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rildi.  

Ishga joylashish masalasidagi 51 ta murojaatlarning 37 tasi joyida qanoatlantirildi, 14 tasi ijroga olindi.

Jumladan, o‘zi istagan ish bilan ta'minlanish istagida tashrif buyurgan Qahhorova Zubayda Shokirovna va yana shu kabi 32 nafar xotin-qizlar “Oltin mato tekstil” MChJga, Surayyo Sayilova esa tuman Tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylandi. Qahramon Sodiqovga uning ko‘zini davolatish uchun order rasmiylashtirilib berildi.

Guloyim To‘lakovaga bir dona tikuv mashinasi berilib, yashash joyida o‘zini-o‘zi bandligini ta'minlashi va daromad topish uchun sharoit yaratib berildi.

“Temir daftar”ga kiritilgan Salomatxon Xojieva va yana 10 nafar ayollarga moddiy yordam hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga qishki kiyim-bosh berildi.

Gaz balloni bo‘lmaganligi sababli gaz ballon ajratib berish masalasida murojaat qilgan N.Hakimjonov va yana shu kabi 3 nafar yoshlarga gaz ballon berildi.

Shundan keyin, hududida bir nechta jinoyatlar sodir etilib, jinoyatchilik o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan hamda buning oqibatida kriminogen vaziyat murakkablashgan “Paynob” MFYga borildi va buning sabablari mahallaning o‘zida, tegishli mas'ullar va mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi, vaziyatni barqarorlashtirishga erishish uchun qo‘shimcha kuch-vositalar jalb etildi.

     

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech