23 Fevral 2021 yil 459

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining 3-sektori hisoblangan Andijon tumanida 13 nafar kam taʼminlangan oila farzandlari uchun xatna to‘yi o‘tkazib berildi

Andijon tumani sektor rahbarlari tashabbusi bilan tuman IIB 3-sektor hududida yashovchi kam taʼminlangan oilalarning 13 nafar farzandlari uchun xayriya sunnat to‘yi o‘tkazib berildi.

Tadbirni tuman hokimi Abdujabbor Egamberdiyev tabrik so‘zi bilan ochdi. To‘ybolalarning har biriga velosiped va shirinliklar hamda bosh-oyoq sarpo topshirildi.

Xatna to‘yida so‘z ustasi Avaz Oxun, viloyatdan tashrif buyurgan sanʼatkorlar va tuman madaniyat bo‘limi ijodkorlari ishtirok etdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech