18 Noyabr 2020 yil 589

Andijon viloyati IIB xodimlari o‘rtasida Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Armrestling” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, mustaqil boshqarmalar, Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda shahar- tuman ichki ishlar bo‘limlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning jangovor tayyorgarlik holatini mustahkamlash  hamda  “18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan  “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyatida sportning “Armrestling” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa ishtirokchilariga har bir bosqichdan so‘ng qura tashlash natijalariga ko‘ra raqiblar aniqlanib, guruhlarga bo‘lingan holda baxslashdilar.

O‘tkazilgan musobaqada Andijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari hamda “Armrestling” sport turi bo‘yicha mutaxassis sportchi xodimlar hakamlik vazifasini bajardilar. Musobaqada 30 nafar  xodim ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi o‘t ochib qo‘llash guruhi katta mutaxassis –grantomyotchisi katta serjant Xaydarov Ravshanbek Yusupovich qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 2-o‘rin Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi ikkinchi ishg‘ol qilish guruhi katta mutaxassis-haydovchisi katta serjant Raxmonov Obidjon Odiljonovichga nasib etdi.

Faxrli 1-o‘rinni  esa Qo‘rg‘ontepa tuman IIB 16-son ichki ishlar bo‘linmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektori katta leytenant Djiyanbekov Mansur Baltabaevich egalladi.  

Musoboqa tashkilotchilari tomonidan g‘olib sovrindorlarga  diplom, medal hamda pul mukofoti topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech