21 Yanvar 2021 yil 595

Andijon viloyati IIBda 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik D.B.Kadirov ishtirokida 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Unda o‘tgan yil davomida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi xususida maʼlumotlar berildi.

Tahlillar asosida masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan bir qator rahbar va xodimlarga nisbatan qattiq intizomiy taʼsir choralari qo‘llanildi. 

Shu bilan birga viloyat hududida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni hamda qonun buzilishini oldini olishda o‘z xizmat vazifasiga vijdonan  yondashgan,  xizmat hududida fuqarolarning ishonchini qozonib, jinoyatdan holi hududga erishgan va boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘la olgan  bir guruh xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

Yig‘ilish so‘ngida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik D.B.Kadirov soha xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishga, fuqarolar xavfsizligi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech