29 Fevral 2020 yil 1636

Аndijonda 29 nafar nazorat ostidagi shaxslar tayinlangan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida belgilab berilgan Probatsiya boʼlinmalarining asosiy vazifalarining ijrosini taʼminlash boʼyicha  Аndijon viloyati IIB Probatsiya boʼlimi tomonidan boshqa xuquqni muhofaza qiluvchi organlari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Аndijon viloyati IIB Probatsiya boʼlimi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslardan jinoyat sodir etish havfi yuqori boʼlan  shaxslar ajratib olinib, ular bilan joriy yilning 27 fevralь kuni Аndijon shahar “Maishiy-xizmat kasb-hunar” kollejida Jinoyat ishlar boʼyicha viloyat sudi bilan hamkorlikda “Sayyor sud” profilaktik tadbiri oʼtkazildi. 

Ushbu tadbir jarayonida sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʼlgan, oʼziga toʼgʼri xulosa chiqarib olgan, jazoni belgilangan tartibda oʼtab mehnatga xalol munosabatda boʼlib kelayotgan hamda tuzalish yoʼliga kirgan 29 nafar nazorat ostidagi shaxslar tayinlangan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Jumladan, jinoyat ishlari boʼyicha Qoʼrgʼontepa tuman sudi tomonidan 2018 yil 03 may kuni jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga oylik ish haqidan 20 foiz davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan B.Parpiev jazo muddatining oʼtalmay qolgan 1 yil 1 oy 20 kun qismidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Shuningdek, sudlar tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan, jazo oʼtashdan qasddan boʼyin tovlab yurgan va jinoyat sodir etish havfi yuqori boʼlgan 4 nafar shaxslarning jazo turlari ozodlikdan maxrum etish jazosiga almashtirilishi ham taʼminlandi. 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech