6 Oktyabr 2020 yil 736

Yuk avtomashinasini quvib o‘tgan “Neksiya” boshqaruvni yo‘qotib “Damas”ga borib urildi

2020 yil 30 sentyabr kuni soat 18:00larda fuqaro A.A  o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasida Jalaquduq tumani, To‘rachek MFY hududidan o‘tgan “Xonobod-Andijon” transport qatnov qo‘lining “Andijon” yo‘nalishida harakatlanib kelayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan  fuqaro T.O boshqaruvidagi “VOLVO FH12”  rusumli  yuk avtomashinasini o‘ng tomonidan quvib o‘tib, u harakatlanib kelayotgan yo‘l bo‘lagiga o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida, avtomashinasining orqa chap tomoni bilan yuk avtomashinasining o‘ng old tomoniga borib urilgan va boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketishi oqibatida ushbu yo‘nalishda kelayotgan fuqaro K.X.ning boshqaruvidagi “Damas” rusumli  avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.Buning oqibatida “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi K.X  hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech