27 Iyul 2020 yil 1081

Karantin vaqtida o‘z manfaatlari yo‘lida "Yashil yo‘lak" ruhsatnomasini pulga sotgan shaxslar ushlandi

2020 yil 23 iyul kuni soat 10:00larda IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limi va viloyat IIB JQB KvaIJQKB xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, fuqarolar Ya.A, M.B va Q.M.lar o‘zaro til biriktirishib, fuqaro M.J.ga jami 1.200.000 so‘m pullar evaziga, "Spark" rusumli avtomashinasiga karantin vaqtida respublika bo‘ylab erkin harakatlanishi uchun "Yashil yo‘lak" ruxsatnomasini, fuqaro J.A hamda "Yashil yo‘lak" dasturi bo‘yicha shtab a'zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Andijon Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi lavozimida ishlagan P.Xlar orqali olib berishni va'da qilishib, Oltinko‘l tumani hududida J.M.dan jami 1.200.000 so‘m pullarini olayotgan vaqtida ushlanganlar.

Tergovga qadar tekshirish davomida, karantin vaqtida o‘z manfaatlari yo‘lida "Yashil yo‘lak" ruxsatnomasini pulga sotish bilan shug‘ulangan J.A va P.Xlar tomonidan 10 dan ortiq fuqarolarga, har biridan 250.000-300.000 so‘m pullar olishib, tegishli xujjatlarsiz "Yashil yo‘lak" ruxsatnomalarini tayyorlab berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha, Andjon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda fuqarolarning firibgarlar tuzog‘iga aldanib qolmasliklarini va karantin qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz!

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

 

 

 

Text to speech