29 Iyun 2020 yil 937

Marhamat tumani hokimi va IIB boshlig‘i tomonidan maktabni oltin medalga tamomlagan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 24 iyun kuni Marhamat tumani hokimligi binosida shu yilning 11-sinfini oltin medalga tamomlagan hamda oliy o‘quv yurtlariga muddatidan oldin o‘qishga kirgan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi B.Yuldashev, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik J.Qosimov hamda tumandagi barcha maktab direktorlari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.Uchrashuvda  so‘z olganlar 63 nafar 11-sinfni oltin medalga tamomlagan katta hayot ostonasidagi bitiruvchi yoshlarni tabriklashib, ularga oltin medal va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Shuningdek,tadbir davomida  jami 10 nafar bitiruvchi yoshlar oliy o‘quv yurtlariga muddatidan oldin o‘qishga kirganligi munosabati bilan ham  qutlanib, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.Albatta bu kabi yoshlarga ko‘rsatilayogan e'tibor, ularning kelajakda ulkan marralar sari intilishlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech