7 Oktyabr 2020 yil 745

Paxtaobod tumani IIB ko‘magi bilan mahallalarda shag‘allash ishlari davom etmoqda

Paxtaobod tumanida joylashgan Qorashox, Soy, Eskiqo‘rg‘on, Sanoat MFYlarining bir qator ko‘chalarida shag‘allash ishlari davom etmoqda. Buning uchun tuman IIB xodimlari tomonidan barcha zaruriy texnikalar jalb qilinib, avtotransport vositalarining yo‘llardagi havfsizligi ta'minlanmoqda.

Hozirga qadar Qorashox MFYning Semurg ko‘chasida 300 metr, Soy MFYning Objuvoz, Poshshom bog‘i ko‘chalarida 600 metr, Eskiqo‘rg‘on MFYning Milliy tiklanish, Sinfdosh ko‘chalarida 700 metr, Sanoat MFYda esa 500 metr ko‘chalar shag‘allanib, bugunga qadar  umumiy 2,1 km.masofaga shag‘al yotqizildi.  Jami bajarilishi lozim bo‘lgan shag‘al yotqizish ishlari 8,8 km.ni tashkil etadi. Bu boradagi ishlar ayni kunlarda davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech