9 Iyul 2020 yil 664

Qo‘rg‘ontepa tumanida xotin-qizlarning bandligini ta'minlash yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda

Qo‘rg‘ontepa tumanida xotin-qizlar masalalariga alohida e'tibor qaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan  qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.Xususan, tuman IIBning  xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi  mas'ullari  tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. 

Misol uchun  tumanning Dardoq qishlog‘ida olib borilgan profilaktik ishlar natijasida ushbu xududdagi 10 nafardan ortiq xotin-qizlarning doimiy bandligi ta'minlangan. Yana 8  ta oiladagi kelishmovchiliklar yuzasidan hal etish ishlari olib borilgan va ularning 5 tasini yarashtirishga erishilgan. 6 nafar axloq tuzatish ishlarini o‘tashi belgilangan fuqarolar bilan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda.  Shuningdek, bir nafar shaxsning  yakka-yolg‘izligi inobatga olinib, uning yashash xonadoni mahalla faollari hamkorligida ta'mirdan chiqarib berildi hamda 2 sotixli issiqxona qurib bitkazilib, fuqaroning ixtiyoriga topshirildi.

Bundan tashqari mas'ullar tomonidan xotin-qizlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish masalalarida muhim chora-tadbirlar belgilab olinib, amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech