23 Fevral 2021 yil 640

Andijonda o‘tkazilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan “Zarbdor oyligi” doirasida noqonuniy diniy saboq berish holatiga chek qo‘yildi

2021 yilning 22 fevral kuni Shahrixon tumani IIB TEQKB hamda DXX Shahrixon tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro Sh.Z Shahrixon tumanida yashovchi M.A.ga tegishli bo‘lgan  o‘quv markazi binosida shu yilning yanvar oyidan buyon 5 nafar shaxsga hech qanday ruxsatnomasiz, “Muallimi soniy” diniy adabiyotidan foydalanib, noqonuniy ravishda moddiy manfaat evaziga diniy saboq berib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech