20 Noyabr 2020 yil 754

Qo‘rg‘ontepa tumani IIB binosida “Elektron kutubxona” tashkil etildi

Qo‘rg‘ontepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Dilmurod Ixvoldinov tashabbusi bilan tuman IIB binosida “Elektron kutubxona” joriy etildi.

“Elektron kutubxona” to‘g‘risida ma'lumot olish uchun maxsus kutubxona banneri tayyorlangan bo‘lib,   har bir kitobsevar foydalanuvchi telefonida kodni skaner qilib, taqdim etilgan havola orqali bazadan o‘ziga kerakli adabiyotning elektron nusxasini bir zumda topishi va yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Kutubxonada hozirda 100 dan ortiq badiiy, ilmiy va boshqa turdagi o‘zbek va rus tillarida yozilgan kitoblar mavjud. Xodimlar ushbu “Elektron kutubxona” orqali o‘zlarini qiziqtirgan  badiiy, ilmiy, publisistik ruhdagi asarlarni qisqa muddatlarda elektron shaklda ko‘chirib olishlari hamda foydalanishlari mumkin.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech