26 Fevral 2020 yil 521

Andijonda giyohvandlik, psixotrop va boshka turdagi dori vositalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash tadbirlari o‘tkazildi

Joriy yilning 26 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Andijon shahrida noqonuniy ravishda tashkil etilgan «Dori bozor»larda tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir davomida 7 nafar ayollardan jami 1937 dona turli psixotrop, kuchli ta'sir etuvchi va boshqa turdagi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Jumladan, M.M.dan jami 27 turdagi 765 dona, A.G.dan jami 7 turdagi 272 dona, O.M.dan jami 6 turdagi 67 dona, Yu.A.dan jami 2 turdagi 48 dona, A.D.dan jami 16 turdagi 277 dona, N.N.dan jami 3 turdagi 23 dona, F.N.dan jami 6 turdagi 90 dona giyohvandlik, psixotrop va boshka turdagi dori vositalari olindi. 

Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha xududiy ichki ishlar bo‘limlari tomonidan dastlabki tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech