12 Noyabr 2020 yil 414

ANDIJON – “Uchastka nozirining xonasi noma'lum shaxslar tomonidan yoqib yuborildi. Nega haligacha jinoiy ish ochilmadi?” sarlavhasi bilan joylangan murojaat yuzasidan

2020 yil 11 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga ANDIJON – “Uchastka nozirining xonasi noma'lum shaxslar tomonidan yoqib yuborildi. Nega haligacha jinoiy ish ochilmadi?” sarlavhasi bilan murojaat joylandi. Ushbu murojaatda Andijon shahri, Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘inidagi uchastka nozirining xonasi noma'lum shaxslar tomonidan yarim kechasi benzin sepib yoqib ketilganligi, ammo bu holat bo‘yicha  huquq tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi ochilmaganligi bayon qilingan.  

Mazkur murojaatda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 05 noyabr' kuni soat 23:50lar chamasida Andijon shahri, Birlashgan MFYga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori X.Mirabdullaev Obi-hayot ko‘chasi 60-uyda joylashgan xizmat xonasiga choy ichish maqsadida suv isitish moslamasini ishlatib qo‘yib, Andijon shahri, A.Xoji ko‘chasida yashovchi  fuqaro N.Mirzabdullaevning yashash xonadoniga chaqiruv bo‘yicha borgan vaqtda, suv isitish moslamasining qizib ketishi oqibatida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Buning oqibatida kelib chiqqan tutun, xonaning deraza va romlarini qoraytirib yuborgan. Voqea joyida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Ushbu holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Andijon shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limining yong‘in havfsizligi bo‘linmasiga yuborilgan.

Hozirda Birlashgan MFY binosida joylashgan profilaktika inspektori xizmat xonasining zarar yetgan joylari ta'mirlanib soz holatga keltirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech