31 Dekabr 2020 yil 430

Andijon viloyati hokimligida davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Ularning qatorida Andijon viloyati IIB  xodimlarining faoliyati ham eʼtirof etilganligi  soha vakillariga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Pandemiya  sababli biroz keyinga qoldirilgan mukofotlash marosimi  yangi yil bayrami arafasida Andijon shahridagi Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni, ular orqali mehnatsevar, azmu shijoatli xalqimizni bayram bilan qutladi. Shuningdek, taqdirlanganlarga bildirilgan ishonch viloyatimizning maʼnaviy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy samarasini berishini taʼkidlab o‘tdi.

Viloyat rahbari mukofotlanganlarni tabriklab, 61 nafar hamyurtimizning har biriga yuksak mukofotlarni tantanali topshirdi.

Unga ko‘ra ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, sharafli burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardlik va jasorat namunasi hamda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun:

 “Do‘stlik” ordeni bilan

Kondrikova Olga Aleksandrovna - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiy-safarbarlik bo‘limi katta inspektori

 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Ortiqov Umatali Raximovich  -  Andijon viloyati Ulug‘nor tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

 “Shuhrat” medali bilan

Rashidov Dilshodbek Abdumajitovich  -  Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor vakili

 “Shuhrat” medali bilan

To‘xtayev Ulug‘bek Jololdinovich  -  Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi  yo‘l-patrul xizmati inspektori taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech