14 Sentyabr 2021 yil 89

“Andijonda Ichki ishlar xodimi bir fuqaroni o‘zidan o‘zi urgani aytilmoqda” sarlavhali videoxabar yuzasidan rasmiy maʼlumot

2021 yil 14 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda Ichki ishlar xodimi bir fuqaroni o‘zidan o‘zi urgani aytilmoqda” sarlavhali videoxabar tarqaldi.

Hozirda mazkur videoxabarda aks etgan holatlar yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda. Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan esa xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech