2 Iyul 2021 yil 422

“Andijonda IIB xodimlari ishlamaydimi?” sarlavhali videomurojaat yuzasidan

2021 yil 19 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarga “Andijonda IIB xodimlari ishlamaydimi?” sarlavhali videomurojaat joylandi. Ushbu videomurojaatda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida, fuqaro X.X  Andijon shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib,  2021 yil 25 yanvar kuni o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan Andijon shahrida yashovchi fuqaro K.O aslida Sh.O.ning nomida bo‘lgan davlat raqami 60S428OA bo‘lgan “Neksiya-1” rusumli avtomashinani 1.500 AQSH dollarga, oldindan 1.200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berib, qolgan qismini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olganligini, lekin oradan bir muncha muddat o‘tganidan so‘ng,  Sh.O.ning o‘zi X.X.ni oldiga kelib, avtomashina unga tegishli ekanligini, K.O.ning mazkur avtomashina masalasida undan qarzi borligini aytib, avtomashinani olib ketganligini bildirgan va mazkur holat yuzasidan  K.O.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.  

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB profilaktika inspektori I.Ganiyev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilib, 2021 yil 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishlikni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlari nazorat tartibida Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilib,  2021 yil 30 may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qaror bekor qilinib, to‘plangan hujjatlar  qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish uchun 2021 yil 6 iyun kuni Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga   yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Tergov bo‘limi tomonidan ishga aloqador bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ulardan qo‘shimcha tushuntirish xatlari olinib, ish hujjatlariga qo‘shilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech