31 May 2021 yil 370

“Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaatlar yuzasidan rasmiy ma'lumot

Joriy yilning 31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda” sarlavhali videomurojaatlar tarqalgan edi.

Aniqlanishicha, 44-yoshli fuqaro E.M. (erkak) 2021 yil 14 aprel kuni soat 17:42 larda o‘zi yashab kelayotgan Oltinko‘l tumani “Markaz” MFY, Maorif ko‘chasi oldida, mazkur xonadonda yashovchi 79 yoshli M.E. (ayol) bilan yuqorida ko‘rsatilgan xonadonni devor bilan bo‘lish masalasi yuzasidan o‘zaro tortishib, E.M. (erkak) qo‘lida bo‘lgan ketmon bilan ayolning bosh qismiga urib, “og‘ir” shikast yetkazib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Holat bo‘yicha hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ko‘zdan kechirish davomida, ishga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Marhumaning olgan tan jarohatlari bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza, sud-biologiya, tibbiy-kriminalistika va kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra M.E.ning (ayol) bir qator tan jarohatlari mavjudligi aniqlanib, ushbu jarohatlar uning o‘limiga sababchi bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 14 aprel kuni Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro E.M. nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ushbu modda bilan ayblov qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Tergov harakatlari davomida maʼlum bo‘lishicha videomurojaatda marhumaning kelini 44-yoshli M.E. ushbu jinoyat sodir etganligi aytib o‘tilgan, biroq tergov harakatlari davomida ushbu fuqaro hodisa sodir bo‘lgan vaqtda boshqa joyda bo‘lganligi va ushbu holat qo‘shimcha ravishda sinchiklab tekshirilishi hamda natijasiga ko‘ra qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.

Tergov davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech