11 Mart 2020 yil 469

Avtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxslar aniqlanib, qo'lga olindilar

3 mart kuni Sergeli tumani IIO Fmbga kelib tushgan xabarga ko'ra, 1 mart kuni taxminan soat 23.00 da "Nug'oy-qo'rg'on" mahallasida uch nafar noma'lum shaxslar 37 yoshli Po'lat B. boshqaruvidagi "Spark" avtomobiliga yo'lovchi sifatida minganlar. Yangi Sergeli va Choshtepa ko'chalari kesishmasiga yetib borgach, noma'lum shaxslar haydovchidan mashinani to'xtatishni iltimos qilib, tushishgan. Yo'lovchilar ketishgandan so'ng Po'lat o'zining "Samsung A-10" rusumli narxi 1 mln. 400 ming so'm bo'lgan telefoni va 500 AQSh dollari yo'qolganligini payqab, tezda ichki ishlar organlariga xabar qilgan. Ushbu holat asosida Jinoyat Kodeksning 169 moddasi ("o'g'rilik") bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.

Tumani IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar davomida tashqi kuzatuv kameralari yozuvlari o'rganilgach, o'g'irlikda gumonlanuvchilarning shaxslari aniqlandi va 33 yoshli Azizbek I., 26 yoshli Rustam D. hamda Shamsiddin U.lar qo'lga olindilar.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech