11 Avgust 2021 yil 403

"Bizga bunday zo‘ravon inspektor kerakmas - xo‘jaobodlik deputat talabnoma bilan chiqdi” sarlavhali videomurojaat yuzasidan rasmiy maʼlumot

2021 yilning 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarga “Bizga bunday zo‘ravon inspektor kerakmas - xo‘jaobodlik deputat talabnoma bilan chiqdi” sarlavhali videomurojaat joylashtirildi.

Ushbu videomurojaat aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, mazkur holat bo‘yicha fuqaro X.B.ning  shu yilning 26 may kungi arizasi, Z.E.ning 8 iyun  kungi murojaati hamda Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani kengashi deputatlarining 04 iyun kungi deputatlik so‘rovlari yuzasidan masʼul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Xizmat tekshiruvi davomida 2021 yil 20 may kuni fuqaro X.B va uning amakivachchasi M.B.lar jamoat joyi hisoblangan Xo‘jaobod tumani Qurama MFY o‘ramida joylashgan 8-sonli umumtaʼlim maktabni oldida spirtli ichimlik isteʼmol qilishib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, mayda bezorilik sodir etishganligi hamda profilaktika inspektorlari Sh.v va J.X.larning qonuniy talablarini bajarmasdan, ularning o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatganliklari sababli X.B va M.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 15 martdagi 55-sonli buyrug‘i talablari asosida rezina tayoq va qo‘l kishani qo‘llanilganligi aniqlandi. Profilaktika inspektorlarining harakatlarida xizmat intizomi va qonun buzish holatlari sodir etilmagan deb topilib, xizmat tekshiruv xulosasi va to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berishlik uchun Xo‘jaobod tuman prokuraturasiga yuborilgan. Xo‘jaobod tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko‘ra Xo‘jaobod tuman IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli joriy yilning 24 iyun kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.   

Fuqarolar X.B va M.B.larga nisbatan to‘plangan maʼmuriy ish hujjatlari  jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, sudning  shu yilning 23 iyun kungi qarori bilan ushbu fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning187-moddasi 2-qismi, 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko‘rsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga nisbatan 7 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati    

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech