19 Iyul 2021 yil 116

Fuqaroning “YouTube” ijtimoiy tarmog‘iga qilgan videomurojaatini o‘rganish bo‘yicha rasmiy munosabat  

Joriy yilning 17 iyul kuni “YouTube” ijtimoiy tarmog‘igaDaxshat semiz ayol kurkmasdan xadimlarni sukib gapirib tashladi” sarlavhali videomurojaat joylandi. Ushbu videomurojaatda Paxtaobod tumanida yashovchi ayol B.D Paxtaobod tumani IIB xodimlari ustidan shikoyat qilib, xodimlar tomonidan fuqaroga nisbatan turli  nohaqliklar bo‘layotganligi bayon qilingan.

Hozirda fuqaro B.D.ning videomurojaatida aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech