15 Mart 2021 yil 229

“ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA HAYDOVCHILAR O‘RTASIDA JANJAL” sarlavhasi bilan tarqalgan videotasvir yuzasidan          

2021 yil 15 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA HAYDOVCHILAR O‘RTASIDA JANJAL” sarlavhasi bilan videotasvir tarqaldi. Ushbu videotasvirda aks etgan holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, quyidagilar maʼlum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 08 mart kuni  soat 16:40larda Paxtaobod tumani, Qashqar MFYda yashovchi fuqaro J.A tuman markazida tanishi O.A.ning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida u bilan birga yashash xonadoniga ketayotganida, Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, undan transport vositasiga tegishli bo‘lgan hujjatlar so‘ralgan. 

Fuqaro O.A.ning avtomashina boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari  yo‘qligi sababli, J.A IIB xodimlarining xizmat faoliyatiga aralashib, baqir-chaqir qilib, IIB xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan qilayotgan xatti-harakatlaridan IIB xodimlari fuqaro O.A.ni tinchlantirmoqchi bo‘lganlarida, ularning qonuniy talablarini bajarmasdan mayda bezorilik harakatlarini sodir etgan.

Holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, 2021 yil 09 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tumani sudi tomonidan fuqaro J.A. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech