7 Iyul 2020 yil 186

“IIBga tegishli avtomobilda qoida buzildi” sarlavhasi bilan joylashtirilgan videotasvir bo‘yicha rasmiy munosabat  

2020 yil 07 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “IIBga tegishli avtomobilda qoida buzildi” sarlavhasi bilan videotasvir joylashtirildi. Ushbu videotasvirda IIBga tegishli 730 VSF raqamli avtomobil qoida buzganligi, oddiy xalqqa qonun bor-u, IIB xodimlariga yo‘q ekanligi to‘g‘risida fikrlar bayon etilgan.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, "Neksiya-3" rusumli 60 730 VSF davlat raqam belgili xizmat avtomashinasining haydovchisi  A.A.ga nisbatan yo‘l harakati qoidalarining 12-bandi buzganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Barcha fuqarolarga shuni eslatib o‘tmoqchimizki, qonun barcha uchun barobar. Uni buzishga esa hech kimning haqqi yo‘q.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech