20 Yanvar 2022 yil 268

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qurol bilan qo‘rqitishmoqda” sarlavhasi bilan tarqalgan videotasvir yuzasidan

Joriy yilning 19-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qurol bilan qo‘rqitishmoqda” sarlavhasi bilan videotasvir tarqaldi. Unda Andijon shahrida to‘pponchasi bor mast kishi atrofdagilarga tahdid qilmoqchi bo‘layotganligi aytilgan. Mazkur videotasvirda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon shahri bo‘yicha IIOFMBning masʼul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 2021-yil 28-dekabr kuni soat 22:07larda Andijon  viloyati IIBning “102” qisqa raqamiga Oltinko‘l tumani, Markaz MFY, Yangi hayot ko‘chasida yashovchi fuqaro O.F murojaat qilib, Andijon shahar Bobirshox ko‘chasi biyokimyo zavodi oldida notanish shaxs janjal qilib pnevmatik pistolet bilan tahdid qilganligini maʼlum qilgan. Ushbu murojaat shu kunning o‘zida Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB navbatchilik qismidan ro‘yxatga olingan.

Olib borilgan tergovga qadar surishtiruv ishlari davomida 2021-yil 28-dekabr kuni soat 22:07larda fuqaro O.F taksistlik bilan shug‘ullanib yurgan vaqtida uning avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan fuqaro A.I.ni manziliga olib borish maqsadida Andijon shahar Bobirshox ko‘chasidan o‘tayotgan vaqtida yo‘lning chekka qismida joylashgan savdo do‘konidan suv olish maqsadida to‘xtagan. Shu payt haydovchi avtomashinasining oldiga Asaka tumanida yashovchi Dj.Sh hamda Andijon shahrida istiqomat qiluvchi  I.A.lar birgalikda kelib, mast holatda “Biz chaqirtirgan taksist senmisan” deb avtomashinaga chiqib olishgan. haydovchi O.F ularga avtomashinasida boshqa yo‘lovchi borligini va  manzilga olib borib ko‘yaolmasligini maʼlum qilgan vaqtida, fuqaro Dj.Sh o‘zining yonida bo‘lgan tegishli hujjatlarga ega T19021784 raqamli  gazli “Pnevmatik” pistoletini olib, haydovchini mastlik oqibatida qo‘rqitmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB 4-sonli IIB tomonidan fuqaro Dj.Sh hamda  I.Alarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 183-moddasi va 185-3-moddasiga asosan qonuniy chora ko‘rishlik uchun qaror qabul qilindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech