1 Sentyabr 2020 yil 89

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaroning videomurojaati bo‘yicha rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani Qayirma mahallasida yashovchi fuqaro Akramov Akmaljonning videomurojaati tarqaldi. Unda ushbu fuqaroning Andijon viloyati IIB, viloyat prokuraturasi va Andijon tumani prokuraturasiga yo‘llagan murojaatlari samarasiz qolayotganligi, transport vositasini olib qochgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilmayotganligi bayon qilingan. 

Fuqaro A.Akramovning murojaati Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi V.Mo‘ydinov tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro A.Akramov 2014 yil sentyabr' oyida Andijon shahar Bog‘ishamol dahasida joylashgan avtomobil' bozorida A.Dadajonovdan “Neksiya” rusumli 60V987HA davlat belgili avtomashinasini oldindan 4.000 AQSh dollari berib, qolgan 8.000 AQSh dollarini bir yil davomida berish sharti bilan jami 12.000 AQSh dollariga sotib olib, kelishilgan bir yil muddatda 8.000 AQSh dollarini berolmasdan 5.100 AQSh dollari berganligi sababli 2016 yil noyabr' oyida A.Dadajonov tomonidan A.Akramovga avtomashinani boshqarish uchun berilgan ishonchnoma notarial tartibda bekor qilingan va avtomashina qaytarib olingan.

A.Dadajonov tomonidan A.Akramovdan qaytarib olingan “Neksiya” rusumli 60V987HA davlat belgili avtomashina o‘rniga tanishi F.Mamasodiqovga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli 60A065G‘A davlat belgili avtomashinani A.Akramovga 13.300 AQSh dollariga sotgan va A.Dadajonov A.Akramovdan olgan 9.100 AQSh dollarini F.Mamasidiqovga berishga va qolgan 4.200 AQSh dollarini A.Akramov bir yil davomida F.Mamasidiqovga to‘lashga kelishishgan. Lekin, A.Akramov bir yil davomida 4.200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni F.Mamasidiqovga umuman bermaganligi sababli, 2017 yil mart oyida F.Mamasidiqov A.Akramovni Asaka tumani hududiga chaqirib, avtomashinani pullarini berganidan so‘ng qaytarib berishini aytib olib qo‘ygan.

Fuqaro A.Akramov va A.Dadajonovlarning o‘rtasidagi holat fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo sifatida baholanib, fuqarolik sud ish yurituvi tartibida hal etilishi lozim bo‘lganligi hamda F.Mamasidiqov tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashina kelishilgan pullar to‘lanmaganligi sababli qaytarib olganligi holatida transport vositasini olib qochish jinoyati alomatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli, JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

 

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech