20 Dekabr 2020 yil 405

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "To‘rtko‘cha chorraxasida svetofor ishlamay qoldi" sarlavhali videotasvir yuzasidan

2020 yil 19 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga "To‘rtko‘cha chorrahasida svetofor ishlamay qoldi" sarlavhasi bilan videolavha joylandi. Ushbu videotasvirdagi barcha holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 2020 yilning 19 dekabr kuni kechki soat 17:00lar chamasida Andijon shahrining O‘zbekiston hamda Bobur shox ko‘chalari kesishgan chorrahada elektr tarmog‘idagi nosozliklar sababli svetofor qurilmalari ma'lum muddatga ishlamay qolishi  oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan.

Ushbu hududga xizmatga jalb etilgan Andijon viloyati IIB YHXB YPX inspektori tirbandliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, svetofor qurilmasini ishga tushirish uchun Andijon viloyati Maxsus ekspluatasiya montaj bo‘linmasi navbatchilik qismiga xabar bergan. Navbatchi smena xodimlari yetib kelib, nosozlikni bartaraf etgunga qadar yo‘l patrul xizmati xodimi chorrahada transport vositalari harakatini tartibga solgan.

Hozirda O‘zbekiston hamda Bobur shox ko‘chalari kesishgan chorrahalarda transport vositalarining tartibli harakati o‘rnatilgan.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech