16 Noyabr 2020 yil 446

Ijtimoiy tarmoqlarga "Andijon viloyatida «reketchilik» avjiga chiqmoqda (mi)?" sarlavhasi bilan joylangan xabar yuzasidan

2020 yil 15 noyabr kuni Xabar.uz saytiga "Andijon viloyatida «reketchilik» avjiga chiqmoqda (mi)?" sarlavhasi bilan xabar joylandi. Ushbu xabarda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro K.Sh 2020 yil 11 noyabr' kuni Asaka tumanida joylashgan ko‘mir omboriga avval birga ishlagan hamkasbi Izboskan tumanida yashovchi G‘.B.ning oldiga borib, unga aholi uchun berilayotgan “Angren” ko‘miridan bir mashinasini sotib foydalanishlik uchun hujjatlashtirish ishlarida yordam berishligini so‘ragan. K.Sh.ning bu taklifini G‘.B rad etganligi uchun ularning o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan. Kelishmovchilik oqibatida fuqaro K.Sh G‘.B.ga tegishli bo‘lgan qora rangli “Jentra” avtomashinasining yon harakatlarni ko‘rish oynalarini urib sindirib, voqea joyidan ketib yuborgan. 

Shundan so‘ng, 2020 yil 14 noyabr' kuni fuqaro B.G‘ Andijon shahri, Furqat ko‘chasida avtomashinasida o‘tirgan vaqtida,bundan xabar topgan fuqaro K.Sh o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobilida uning yoniga kelgan va B.G‘.ga o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan eski adovatni eslatib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu ham yetmagandek avtomashinasining oynalarini qo‘li bilan urib sindirib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan B.G‘ huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojat qilmagan. Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan olingan ma'lumotlarga asosan tezkor surushtiruv ishlari olib borilib, “Jentra” avtomashinasi Andijon shahri, Furqat ko‘chasida joylashgan “Avtoservis”dan topildi. Avtomashina haqiqatdan B.G‘.ga tegishli ekanligi aniqlanib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, fuqaro K.Sh JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech