11 Fevral 2022 yil 220

“Kecha Asaka tumanidagi 59-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy urush bo‘lgani aytilmoqda” sarlavhali videotasvir yuzasidan rasmiy maʼlumot

2022-yil 11-evral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Kecha Asaka tumanidagi 59-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy urush bo‘lgani aytilmoqda” sarlavhasi bilan videotasvir tarqaldi. Unda 2 nafar o‘quvchi mushtlashib ketganligi, maktab bolalarining bu darajada bir-birini do‘pposlashiga nima sabab bo‘lganligi hamda mutasaddilardan holatni nazoratga olishlari so‘ralgan.   

Mazkur holat bo‘yicha Asaka tumani IIB masʼul xodimlari tomonidan tezkorlik bilan surishtiruv ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, joriy yilning 10 fevral kuni soat 10:30lar atrofida Asaka tumani Xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 59-umumtaʼlim maktabining 2 nafar 9-sinf o‘quvchilari maktab binosining 3-qavatidagi zalida o‘zaro kelisha olmay janjallashgan hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan sinfdoshlari ham bu janjalga qo‘shilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech