1 May 2021 yil 240

Soxta  aviachiptalar sotgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2021 yilning 01 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Soxta bilet bilan fuqarolarni aldagan aviakassa” sarlavhasi bilan bir guruh fuqarolarning videomurojaati tarqaldi. Ushbu videomurojaatda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, Marhamat tumanida yashovchi fuqaro M.A tumanning Navro‘z MFY o‘ramida joylashgan savdo markazlarining birida “Aviakassa” tashkil qilib, ushbu aviakassa orqali Rossiya Federatsiyasiga ketish istagida bo‘lgan bir guruh fuqarolarga haqiqiy bo‘lmagan soxta aviachiptalarni sotgan.

Xususan, fuqaro M.A 2021 yilning mart va aprel oylari davomida 13 nafar fuqaroga  ularning Rossiya Federatsiyasiga borishlari uchun soxta bo‘lgan aviachiptalarni sotib, jami 16 680 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va  olingan pullarni shaxsiy ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech