5 Noyabr 2020 yil 378

"JAZAVADAGI GAI. NIHOYaT ANDIJON GAISINING VIDEOSI ChIQDI.. MANA SIZGA VIDEONI UDARI..." sarlavhali videolavha yuzasidan

2020 yil 02 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga "JAZAVADAGI GAI. NIHOYaT ANDIJON GAISINING VIDEOSI ChIQDI.. MANA SIZGA VIDEONI UDARI..." sarlavhasi bilan  videolavha joylandi. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida haydovchi va yo‘l-patrul xizmati xodimi o‘rtasidagi munozarali vaziyat aks etgan ushbu videolavhadagi barcha holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Mazkur videolavhadagi voqelikka to‘laligicha oydinlik kiritilib, qo‘shimcha axborot beriladi. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech