22 Iyun 2022 yil 130

Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalarini saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 17 iyun kuni Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2022” tadbirining 1-bosqichi davomida Andijon shahar ko‘chalarining birida o‘zini shubhali tutgan fuqaro erkak P.Bning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining cho‘ntagida 1 dona “Tropikamid” dori vositasi borligi aniqlandi. So‘ng P.Bga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda avtomashina old eshigi ichki tutqichi ostida og‘irligi 2,98 grammni tashkil etgan “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi va mazkur giyohvandlik vositalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech