IIV Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv kurslari tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 20 yanvardagi ko‘rsatmasiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan institutning Andijon filialida 2021 yil 9 mart kuni viloyat ichki ishlar organlari tizimida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari boshlandi.
Joriy yilning 9 mart kunidan 13 mart kuniga qadar davom etadigan mazkur sayyor o‘quv yig‘inida mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar hamda xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari tomonidan olib borilmoqda.
Tashkil etilgan o‘quv kurslari tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvaliga asosan boshlanib, viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlari o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati