Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi
Joriy yilning 5-mart kuni Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshkarmasi boshlig‘i Jasurbek Xudoyberdiyev biriktirilgan Andijon tumanining 3-sektor hududidagi “Oyjamol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, Andijon tumanidagi 47-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, taʼlim muassasasidagi o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, otaliqqa olingan 285 nafar yoshlardan 21 nafari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi va bartaraf etish chorlari ko‘rildi.
Hozirda bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati