18 Июн 2025 йил 1858

Andijon viloyati IIBda boshqarma sohaviy xizmatlari va tarkibiy bo‘limlari xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

O‘quv seminarida IIV mas’ul xodimlari tomonidan Prezident Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni o‘tash masalalarini yanada takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtidagi huquq va majburiyatlarini, Qurolli kuchlar tizimida xizmat o‘tash, ichki xizmat, garnizon va qorovullik xizmatlarini tashkil etish, yangidan qo‘shma qaror asosida qabul qilingan saf nizomi bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, rag‘batlantirish va intizomiy ta’sirlarni qo‘llashni, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, xizmat intizomi va qonunchilik talablari, harbiy yig‘inlarni o‘tash, harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalarini belgilash, shuningdek, harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash, harbiy lavozimlardan ozod etish, harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga (zaxirasiga) bo‘shatish hamda iste’foga chiqarish borasida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksining talablariga to‘liq amal qilish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar bilan muomala madaniyati, xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketmaslik, o‘zgalar avtomashinasini boshqarmaslik borasida tegishli yo‘riqnomaviy tavsiyalar aytib o‘tildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech