26 Январ 2023 йил 206

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan 210 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasini 1500 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi  

Joriy yilning 25-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi B.I, Andijon tumanida istiqomat qiluvchi R.F va Sh.T.lar bilan birgalikda xolis xaridorga jami 210 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositasini 1500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro B.I.ning yonida 5,2 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech