22 Oktyabr 2020 yil 25

Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan avtomobil' haydovchilari va piyodalar hushyorlikka chaqirilmoqda

Andijon viloyati hududida keng qamrovli "Zarbdor oyligi" o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan transport vositalari serqatnov yo‘llarda, aholi gavjum joylarda haydovchilar hamda yo‘l harakati ishtirokchilari hushyorlikka chaqirilib, chuqur mulohazaga undovchi 30 dan ortiq katta o‘lchamdagi ogohlantiruv bannerlari o‘rnatildi. Bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech