IIB tarixi

Andijon viloyati IIB tarixi

Har bir katta –kichik voqeaning ibtidosi - boshlanishi bo'lganidek, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining ham o'ziga xos o'tmishi bor.  Tarixning guvohlik berishicha, 1917 yil 10 noyabrida ichki ishlar xalq komissariati "ishchi milisiyasi" xaqida qaror qabul qildi. Ushbu tarixiy hujjat ishchi va soldat deputatlari sovetlari rahbarligida mamlakatda tartib o'rnatuvchi xalq milisiyasini tuzishga asos bo'ldi. 1917 yil 11 dekabr kunida Andijon ishchi-dehqon uezd-shahar milisiyasi tashkil etildi. Mana shu kun Andijon ichki ishlar boshqarmasi tashkil etilgan kun hisoblanadi.

          1941 yilning 6 martiga kelib Andijon viloyati tashkil etilganligi e'lon qilindi va oradan o'n bir kun o'tib, ya'ni 1941 yil 17 mart kuni O'zbekiston ichki ishlar Xalq komissarligining buyrug'iga asosan Andijon viloyati bo'yicha tashkiliy boshqarma tuzildi. 1941 yilning oktyabr oyidan mazkur boshqarma Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga aylantirildi.
Boshqarmaning dastlabki boshlig'i o'ttiz yoshli, Moskva Davlat yuridik institutini tamomlagan Sergey Sumbatovich Mixalyans edi. Ushbu lavozimga tayinlanguncha u etti yil davomida Farg'ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimda ishlaganidan so'ng Andijon viloyati IIB boshlig'i vazifasiga tayinlangan. U bu vazifada ishlagandan keyin Samarqand viloyati IIBga boliq qilib yuborildi va uning o'rniga Jalaquduq tumanining Abdullabiy qishlog'ida tug'ilib voyaga etgan Nurmat To'xtasinov tayinlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech