"Diqqat qidiruv" bo'limi

Maxsudov Shuhratjon Rustamovich

2020 yil 27 aprel kuni soat taxminan 15:00lar atrofida  Marxamat tumani, Turon MFY, Oydin yo‘llar  ko‘chasi, 6-uyda yashovchi 02.05.1973 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti o‘rta, oilali 3 nafar farzandi bor, 2-guruh nogironi ruhiy kasal Maxsudov Shuxratjon Rustamovich yashash xonadonidan chiqib ketib, uyga qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan. 

Belgilari: Bo‘yi 156-158 sm atrofida, sochlari qora, o‘rtacha uzunlikda siyrakroq, peshonasi o‘rtacha kattalikda, ko‘zlari qora, qoshi qora qalinroq, burni tumtaqroq o‘rtacha kattalikda, lablari o‘rtacha kattalikda.

Alohida belgilari: 2-guruh nogironi ruhiy kasal, tishlari yaxshi sof o‘ng tarafida tilla sariq 1 dona og‘zini tepa qismida tishi bor, o‘ng tarafi orqa yelka qismida g‘urrakka o‘xshagan shishgan joyi bor, chap singan oyog‘ining son qismiga temir qo‘yilgan operatsiyadan qolgan chandiq izi bor.

Bedarak yo‘qolgan Maxsudov Shuxratjon Rustamovich yashash xonadonidan chiqib ketayotganida boshida latta materialdan bo‘lgan do‘ppi, egnida futbolka,  qora rangli shim, oyog‘ida rezinkali tapochka  hamda ikki qo‘lida xassasi bo‘lgan.

Ushbu shaxs to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni quyidagi

102, 74-391-20-02, 74-391-12-39 va +99893-787-92-22   

telefon raqamlariga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘rab qolamiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

МАЛЁВАННЫЙ АЛЕКСАНДР

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech