18 Oktyabr 2020 yil 30

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 10 oktyabrdagi tegishli farmoyishi talablari ijrosini ta'minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati havfsizligi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni tashkil etish faoliyati samaradorligini kuchaytirish maqsadida Jalaquduq tumani hududida ham “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi faol tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 15-oktyabr' kunidan 15-noyabr' kuniga qadar o‘tkaziladigan ushbu tadbirga davlat boshkaruv organlari va keng jamoatchilik vakillari jalb etilib, hamkorlikda bir kator tadbirlar  amalga oshirilyapti.

Jumladan, 2020 yil 15-oktyabr' kuni Jalaquduq tumani IIB binosida tungi xizmatga jalb kilingan jamoatchi va tuman IIB xodimlariga yo‘riqnoma o‘tkazilib, ularga tegishli ko‘rsatma berildi. Tungi xizmat davomida tumanning Bozorboshi, Tuyalas MFY hududlarida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida amaldagi karantin qoidalariga qay darajada amal qilinayotganligi  nazorat tartibida  o‘rganilib, belgilangan vaqtlarda berkitilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashkari So‘fiqishloq va Namuna MFY hududlarida joylashgan komp'yuter o‘yingoh zallari tekshirilganda bir guruh voyaga yetmagan shaxslar  karantin qoidalariga zid ravishda niqob taqmasdan o‘yin o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘layotganliklari aniqlandi.Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-kismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Shu kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida amaldagi karantin qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan haydovchilarning   sodir etayotgan qoidabuzarliklari va transport bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Jalaquduq tumani hududida “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi doirasidagi profilaktik tadbirlar davom ettirilmokda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech