12 Sentyabr 2020 yil 68

Andijon shahri 3-sektorida aholi muammolari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda

Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sh.Nazirov  shu yilning 11 sentyabr' kuni sektor shtabi a'zolari bilan birgalikda Andijon shahrining Qo‘shariq mahallasida yashovchi aholining turmush tarzi va muammolarini o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida 11 ta ehtiyojmand oilalalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shuningdek,  Qo‘shariq dahasida yashovchi fuqaro Shpagina Galina Nikolaevnaning elektr energiyasidan bo‘lgan 1,5 million so‘m miqdoridagi qarzdorligi to‘lab berildi.  

Shu hududda istiqomat qiluvchi fuqaro Kamolov Oybek Botiralievich Andijon shahar XTBga qarashli 4-umumta'lim maktabiga jismoniy tarbiya  murabbiyligiga , Abdullaeva Shoxsanam Alisher qizi esa ushbu ta'lim muassasaning  ona-tili fani o‘qituvchiligiga ishga joylashtirildi.  

Bundan tashqari, Qo‘shariq MFY hududidagi 38-ko‘p qavatli uyda kabel nosozliklari bo‘layotganligi aniqlanib, Andijon shahar elektr tarmoqlari xodimlari bilan hamkorlikda ta'mirlandi.

Kun yakunida Andijon shahri 3-sektor hududidagi 13 ta maktab direktorlari bilan 2020-2021 yil o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, mavjud muammolar bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech