16 Sentyabr 2020 yil 771

Andijon viloyati IIBning bir guruh xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar

Koronavirus pandemiyasi davrida el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashishda va uning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik hamda jasorat namunasini ko‘rsatayotgan Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasida ushbu ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirishga bag‘ishlangan tantanali  tadbir  o‘tkazildi.

Tadbirda  43 nafar ichki ishlar xodimlariga “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonlari boshqarma boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir yakunida tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashda va xalq manfaatlari yo‘lida fidokorona xizmat qilishda  faol ishtirok etayotgan ushbu xodimlarning xizmatlari alohida e'tirof etildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech