14 May 2020 yil 886

Gullar orasida parvarishlangan ogʼu...

2020 yilning 13 may kuni soat 12:00 larda “Qora dori-2020” keng kamrovli tadbirining 1-bosqichi davomida Oltinko‘l tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xamda Milliy Gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir  o‘tkazildi.

Unda tumanning “ORS” mahallasida yashovchi, fuqaro X.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda gullar va makkajo‘xori o‘simliklari orasida 141 dona boshog‘i bo‘lgan 48 tup ko‘knori  hamda 21 tup nasha o‘simliklari parvarish qilib kelinayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, 2050 gramm ko‘knori, 95 gramm nasha o‘simligi quritib saqlanayotganligi xamda gazeta qog‘oziga o‘ralgan xolda 2,4 gramm nasha chekish uchun tayyorlanganligi ham aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech