14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat-QUIZ” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati hamda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektualva professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini yana-da oshirish maqsadida yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat-QUIZ” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ushbu o‘tkazilgan intellektual o‘yin natijasiga ko‘ra, Andijon tumani IIB jamoasi 3-o‘rinni, Jalaquduq tumani IIB jamoasi 2-o‘rinni hamda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasihamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati