Andijon tumani 3-sektoriga qarashli mahallalarda aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda
2020 yilning 6 noyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Andijon tumani, Gulobod MFYda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda Saydulobod mahallasida jami 406 xonadon bo‘lib, ularda 2267 nafar aholi istiqomat qiladi.
O‘rganishlar davomida ushbu mahallada yashovchi aholi vakillari orasida hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar borligi aniqlandi.
Xususan, Saydulobod MFYning Zilol ko‘chasida yashovchi fuqaro Kobiljonov Qamardinning ishga joylashish bo‘yicha muammosi borligi aniqlanib, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ishga joylashtirish masalasi hal etiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Zilol ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Mamatxo‘jaev Sherzodning xonadonida hozirda 3 ta xo‘jalik yashayotganligi sababli uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga ehtiyoji borligi aniqlanib, ushbu masalada amaliy yordam berish maqsadida tuman yer mulk kadastr bo‘limiga topshiriq berildi.
Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida ko‘plab fuqarolarning suyultirilgan gaz balloniga ehtiyoji borligi aniqlanib, “Xududgaz” MChJ Andijon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Hozirda bu kabi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati