28 Iyul 2022 yil 471

Andijon tumani IIB boshlig‘i ham yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Andijon tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari D.Ihvoldinov tumanning “Aylanpa” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari bilan muloqot qildi.

Muloqot jarayonida sektor rahbari tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi. Yoshlarni ish bilan taʼminlash va ularni daromadlarini oshirish hozirgi dolzarb masala ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar. Ishlash istagidagi yoshlar ro‘yxatlari o‘sha joyda shakllantirilib nazoratga olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech